
Ubaydullaevning yangi jamoasi bugun "Krasnodar" bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
Ayni kunlarda Dubay shahrida o‘z mashg‘ulot yig‘inlarini olib borayotgan Belarusning "Shaxtyor" jamoasi bugun navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Ushbu o‘yinda ularga Rossiyaning "Krasnodar" klubi raqiblik qiladi.
Xabaringiz bor, Shahzod Ubaydullaev yangi jamoasi ixtiyoriga etib borgan va "Zenit"ga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida debyut qilgandi. Kuni kecha "Liva"ga qarshi uchrashuvda esa ilk golini kiritdi.
Fikrlar