U17 Osiyo kubogi. O‘zbekiston 2-savatchadan o‘rin oldi

  • 17 dekabr, 2024, 17:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Osiyo futbol konfederatsiyasi 2025 yilning aprel oyida Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan U17 Osiyo kubogi final bosqichiga qur’a tashlash marosimi mexanizmi haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, 2025 yil 23 yanvar kuni o‘tkaziladigan qur’ada jamoalar 4 ta savatchaga ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston U17 terma jamoasi 2-savatchadan o‘rin olgan:

1-savatcha

Saudiya Arabistoni (musobaqa mezboni)
Yaponiya
Koreya Respublikasi
Eron

2-savatcha

Avstraliya
Yaman
O‘zbekiston
Tojikiston

3-savatcha

Tailand
Vetnam
O‘mon
Afg‘oniston

4-savatcha

Xitoy
Indoneziya
KXDR
BAA

Ma’lumot o‘rnida, OFK jamoalarni savatchalarga ajratishda so‘nggi uchta Osiyo kubogida (Hindiston-2016, Malayziya-2018 va Tailand-2023) erishilgan natijalarni hisobga olgan.

Mazkur musobaqa Qatarda bo‘lib o‘tadigan 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini o‘tab beradi. Musobaqaning eng yaxshi 8 ta jamoasi 2025 yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!