U MYudan ketishni xohlaydi

  • 26 yanvar, 2022, 15:50
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" futbolchisi Donni van de Bek klubni tark etishni hoxlamoqda. Ayni paytda unga kelayotgan takliflar, jamoa zaxirasida qolib ketayotgani kabi holatlar uning ketishi uchun sabab bo‘lyapti. 

Tecno

Niderlandiyalik iqtidorga hozirda "Barselona", "Kristal Pelas" va "Valensiya" kabi klublar qiziqish bildirmoqda. MYu yarim himoyachining iyungacha bo‘lgan maoshi to‘lab beriladigan taqdirda, uni mavsum yakuniga qadar ijaraga berishga tayyor.

Biroq "qizil iblislar" 24 yoshli iste’dod sohibini sotib yuborishni rejalashtirmayapti.

Ma’lumot o‘rnida, Donni van de Bek joriy mavsum APL doirasidagi 8 uchrashuvda 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

"Transfermarkt" portalida yarim himoyachining bahosi 25 million evro etib belgilangan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!