U bizda o‘ynashi kerak!

  • 25 avgust, 2022, 10:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”dan ketganidan beri erkin agent maqomida yurgan Edinson Kavanining bozori yurishib ketdi.

Tecno

Yaqinda “Vilyarreal” bosh murabbiyi Unai Emeri urugvaylik to‘purar bilan gaplashganini va u tez orada jamoaga kelishi mumkinligi haqida ma’lum qilgan edi.

Biroq, jurnalist Nikolo Skiraning ta’kidlashicha, Ispaniya chempionatida “Vilyarreal” raqibi bo‘lgan “Valensiya” 35 yoshli hujumchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lyapti.

Bu ikki jamoadan tashqari, “Nitstsa” ham Kavaniga ko‘z tikkan. Edinson o‘z davrida uzoq muddat PSJ sharafini himoya qilgan va Frantsiya chempionati unga ancha qulay liga hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!