
U-23 Osiyo kubogida ishtirok etadigan barcha jamoalar ma’lum. O‘zbekiston mag‘lub etgan Eron qolib ketdi
U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichidan o‘rin olgan barcha guruhlardagi o‘yinlar yakunlandi. Shu tariqa, qit’a birinchiligida ishtirok etadigan 16 jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra guruhlardagi birinchi o‘rinni egallagan 11 jamoa va eng yaxshi ikkinchi pog‘onani band etgan termalar Qatarda bo‘ladigan Osiyo Kubogiga yo‘l oldi. E’tiborlisi, Musobaqaning hal qiluvchi final bosqichiga O‘zbekiston mag‘lub etgan Eron chiqa olmadi. Forslarning natijalari Malayziyaniki bilan bir xil bo‘ldi. Biroq Malayziya 4, Eron 7 ta sariq kartochka olgandi. Shuning uchun Eron kartochkalar tufayli final bosqichiga chiqa olmadi.
Quyida U-23 Osiyo Kubogi-2024ga yo‘l olgan jamoalar bilan tanishing:
Katar (musobaqa mezboni)
Iordaniya
Janubiy Koreya
Vetnam
Yaponiya
O‘zbekiston
Iroq
Quvayt
BAA
Xitoy
Tailand
Malayziya
Avstraliya
Tojikiston
Saudiya Arabistoni
Indoneziya
Fikrlar