
U-23 Osiyo chempionati. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi nechanchi savatchadan o‘rin oladi?
Shu tariqa qit’a birinchiligida ishtirok etuvchi 16 jamoa nomi ma’lum bo‘ldi va savatchalarga ajratildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston, Tailand (mezbon), Vetnam va Qatar terma jamoalari guruh bahslari uchun qur’a tashlash jarayonida birinchi savatchadan o‘rin olishadi.
Janubiy Koreya, Iroq, Yaponiya, KXDR ikkinchi savatchadan, Xitoy, Avstraliya, Iordaniya, Saudiya Arabistoni uchinchi savatchadan, Suriya, Eron, BAA va Bahrayn terma olimpiya terma jamoalari esa to‘rtinchi savatchadan o‘rin oladi.
Ma’lumot uchun, mazkur Osiyo chempionati 2020 yilning 8-26 yanvar kunlari ikki shahrida bo‘lib o‘tadi va musobaqada kuchli uchlikka kirgan terma jamoalar Tokio olimpiadasi saralashiga yo‘l olishadi.
Fikrlar