
Tyago Motta kelajakda PSJni boshqarmoqchi
PSJ klubi sobiq futbolchisi Tyago Motta jamoaning hozirgi ustozi Tomas Tuxel iste’foga chiqarilsa, uning o‘rnida ishlashi mumkinligi bildirdi.
“99 foiz murabbiylar PSJni boshqarishni xohlashadi. Chunki bu katta jamoa. Qolgan 1 foizi esa Tuxel hisoblanadi va u hozirda jamoani boshqarib turibdi. Agar u jamoadan ketsa, men uning o‘rnini egallash uchun harakat qiladiganlardan biri bo‘laman”, - deydi Motta.
Eslatib o‘tamiz, 36 yoshli braziliyalik futbolchi 2012-2018 yillarda PSJ sharafini himoya qilgan. Tuxel esa Parij klubini 2018 yildan buyon boshqarib kelmoqda.
Fikrlar