Fabio Kannavaroning mas’uliyatsizligi: “Guanjou Evergrand”da nima sodir bo‘lgan edi?

  • 5 oktabr, 04:18
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik “Oltin to‘p” sohibi Fabio Kannavaro tez orada O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkin. Bu haqda uning vatandoshi, taniqli insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi. Shuningdek, O‘FA ham rasmiy muzokaralar olib borilayotganini tasdiqladi.

Tecno

Sobiq futbolchi uchun Osiyo futboli begona emas — u Xitoy va Saudiya Arabistoni klublarida ham faoliyat yuritgan. Aytilishicha, Fabio Kannavaro “Guanchjou Evergrand” jamoasida ishlagan paytida bir qiziq voqea sodir bo‘lgan.

Unga ko‘ra, 52 yoshli mutaxassis dastlab lavozimidan chetlatilgan. Mazkur qaror jamoaning Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finalida mag‘lubiyatga uchragani, undan keyin “Xenan” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagani va “Shanxay SIPJ” bilan farq bir ochkogacha qisqargani sabab bo‘lgan.

Klubni vaqtincha o‘sha paytda jamoa sardori bo‘lgan Jeng Ji boshqargan. Biroq rahbariyatning fikri o‘zgarib, Kannavaroni qayta lavozimiga tayinlashga qaror qilgan. Rasmiy bayonotda aytilishicha, sobiq “Real Madrid” va “Yuventus” himoyachisi “o‘z faoliyati yuzasidan chuqur tahlil o‘tkazish va o‘z ustida ishlash majburiyatini olgan”.

Klub rahbariyati Kannavaroni xatolarni tuzatishdagi sustligi hamda futbolchilarni intizomga qat’iy rioya etishga majburlashda etarlicha talabchan emasligi uchun tanqid qilgan. Rahbariyat, shuningdek, murabbiydan ko‘proq mehnat qilishni, murabbiylar shtabining darajasini oshirishni va futbolchilarni kurashuvchanlik ruhida tarbiyalashni talab qilgan.

“Agar bir ishni qilayotgan bo‘lsang, uni eng zo‘r darajada bajar”,
— degan “Evergrande Group” raisi Xu Jiayin Kannavaroga murojaat qilib.

Umid qilamizki, mutaxassis O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyiga aylansa, katta mas’uliyat va tinimsiz mehnat bilan ish olib boradi. Agar 52 yoshli italiyalik murabbiy jamoa bilan rasmiy shartnoma imzolasa, u yiliga taxminan 4 million evro maosh oladi.

Natijada, Kannavaro terma jamoalar orasida eng ko‘p maosh oluvchi to‘rt murabbiy qatoriga kiradi. Undan yuqori o‘rinlarda Karlo Anchelotti (9,5 million evro), Tomas Tuxel (5,9 million evro) va Yulian Nagelsmann (4,9 million evro) joylashgan. 2018 yilda Rossiyada o‘tkazilgan mundialda Frantsiyani chempioniga aylantirgan Dide Desham esa 3,8 million evro maosh oladi.

Shu sababli, agar katta miqdorda mablag‘ to‘layotgan bo‘lsak, tabiiyki, yuqori natijalarni talab qilishga ham haqqimiz bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
05/10/2025 08:24
демак, фабио тайинланади!
чунки, Узбекистонда барча лавозимда гапига жавоб бера олмайдиган, ма'сулиятсиз шахслар ма'сул лавозимга тайинланади!
хоким ё вазирлар орасида ма'сулиятли биронтасини курсата оласиз-ми?
уларни барчаси мухтарам президентимизни юзини ерга каратмокда