Ispaniyada o‘ynagan yulduz O‘zbekistonni qabul qilayotgan Kannavaroga o‘zgacha murojaat qildi

  • 4 oktabr, 07:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlash jarayoni xalqaro futbol jamoatchiligi e’tiborini ham jalb eta boshladi.

Tecno

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbari terma jamoani 2026 yilgi jahon chempionatiga tayyorlaydigan va bo‘lajak mundialda muvaffaqiyatli ishtirok etishni ta’minlay oladigan murabbiy qidirib, bir necha mashhur mutaxassislarga murojaat qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro birga ishlashga rozilik bergan.

Bunga Portugaliya, Frantsiya va Ispaniya chempionatlarida mahorat ko‘rsatgan Rossiya futboli tarixidagi eng yorqin o‘yinchilardan biri – Aleksandr Mostovoy o‘z munosabatini o‘zgacha tarzda, ya’ni she’riy to‘rtlik tarzida bildirdi.

Bu she’rning umumiy ma’nosi quyidagicha:

Fabioni yangi ish bilan tabriklayman,

Kannavaro va O‘zbekistonga yorqin g‘alabalar tilayman.

Mundialga niyatim shu, xullas kalom,

Mostovoydan Fabioga katta salom!

Aleksandr Mostovoy o‘zining telegrammdagi sahifasiga she’riy munosabat bilan birga Fabio Kannavaro bilan mashg‘ulotda tushgan suratini joyladi.

Aleksandr Mostovoy futbolchilik faoliyati davomida “Spartak Moskva”, “Benfika”, “Kan”, “Strasburg”, “Selta” va “Alaves” sharafini himoya qilib, klublar  miqyosida jami 445 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 116 marotaba ishg‘ol qilgan.

Hujumkor futbolchi sobiq ittifoq, MDH va Rossiya milliy terma jamoalar safida jami 65 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 13 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Fabio Kannavaro esa, professional futbolchi sifatida Italiyada “Napoli”, “Parma”, “Inter”, “Yuventus”, Ispaniyada “Real Madrid”, Birlashgan Arab Amirliklarida “Al-Ahli” sharafini himoya qilgan.

Mashhur himoyachi Italiya terma jamoasida 136 ta uchrashuvda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini mahorat bilan bajarishdan tashqari bir juft gol ham urgan. Kannavaro 2006 yili jahon chempionligi va “Oltin to‘p” sovriniga sazovor bo‘ldi.

52 yoshli Fabio murabbiy sifatida Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy,  Saudiya Arabistoni, Italiya va Xorvatiya klublarida ishlab, tajriba orttirgan.

Tezkor: Husanov haqida noxush xabar!
Bizga Husanov kerak!
Superhujumchi Husanovni tanladi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!