
Tyago: Meni "Bavariya"dan ketyapti deb kim aytdi?
"Bavariya" futbolchisi Tyago Alkantara o‘z atrofida bo‘layotgan gaplarga munosabat bildirdi:
"Meni "Bavariya"dan ketyapti deb kim aytdi? Men faqat Ukrainaga qarshi o‘yin haqida o‘ylayapman. Boshqa narsa muhim emas. Ter-Shtegen meni "Barselona"da ko‘rish ajoyib bo‘lishini aytibdi. Avvalo, bundan xursandman, ammo u jamoada transferlar bilan shug‘ullanuvchi shaxs emas".
Ispaniyalik xavbek 2013 yildan beri myunxenliklar a’zosi hisoblanadi.
Fikrlar