
Tuxelning "Bavariya"da qolish ehtimoli yuqori
Fabritsio Romano xabar berishicha, "Bavariya" so‘nggi oy va haftalarda bir nechta murabbiydan rad javobini olganidan keyin e’tiborini Tomas Tuxelni olib qolishga qaratgan.
Mavsum so‘nggida jamoani tark etishini e’lon qilgan germaniyalik mutaxassisni tarkibdagi asosiy futbolchilar qolishini istamoqda. Shuningdek, murabbiyning o‘zi ham Myunxenda ishlashni davom ettirishga tayyor. Faqatgina tomonlar kelishib olishi kerak. Sababi, endi Tuxel kamida 2026 yilgacha amal qiladigan shartnoma istaydi. Bu 2025 yilda "Bayer"dan ketishi kutilayotgan Xabi Alonsoga "Bavariya"ning qiziqishi oqibatidadir. Rahbariyat yana uni iste’foga chiqarishini istamaydi.
Agarda Tomas bilan muzokaralar barbod bo‘lsa, jamoa "Brayton"dan Roberto de Zerbi va Xans-Diter Flik uchun harakatni boshlaydi. Bundan oldin Xabi Alonso, Yulian Nagelsmann va Ralf Rangnik kabi murabbiylar rad javobini bergandi.
Qo‘shimcha qilish kerak, Tuxel Germaniya klubini tark etgan taqdirda ham, unga ish taklif qilayotgan jamoalar yo‘q emas.
Fikrlar