Tuxel rahbariyatdan 250 million talab qilmoqda!
"Chelsi"ning germaniyalik murabbiyi Tomas Tuxel jamoasini kuchaytirish maqsadida yozgi transferlar oynasida o‘ziga kerakli bir qancha futbolchilarni olib kelmoqchi. U o‘zi o‘ylagan xaridlari uchun rahbariyatdan 250 million evro atrofida mablag‘ so‘ramoqda.
Taxminlarga ko‘ra, Tuxel jamoaga Erling Xoland yoki Kilian Mbappedan birini olib kelmoqchi. Agar mavsum sovrinli o‘rinlarda yakunlanadigan taqdirda, Roman Abramovich germaniyalik mutaxassisning xohishini bajarishga tayyor.
Ayni damda londonliklar turnir jadvalida 44 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turishibdi.



Fikrlar