Tuxel Mourino va Skolarini ortda qoldirdiU
Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan javob uchrashuvida "Chelsi" o‘z maydonida "Atletiko"ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Ushbu natija "aristokratlar" bosh murabbiyi Tomas Tuxelning jamoa boshqaruvidagi 13-g‘alabasi sifatida tarixga kirdi. Bu vaqt oralig‘ida klub 9 ta g‘alaba va 4 ta durangga erishdi. Shulardan 11 bahsda "ko‘klar" o‘z darvozasidan to‘p olib chiqmadi.
Shu tariqa, germaniyalik mutaxassis "Chelsi" bosh murabbiylari ichida eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi. U 10 ta o‘yinda g‘alaba qozongan Mourino va 12 ta bahsda zafar quchgan Luis Felipe Skolarining natijasini ortda qoldirdi.



Fikrlar