Tuxel: Har bir klub shu futbolchini orzu qiladi
“Chelsi” bosh murabbiyi “Tottenxem” bilan o‘yinda g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan Ngolo Kanteni maqtadi.
- U zo‘r o‘yinchi. Agar qo‘l ostingizda Ngolo bo‘lsa, boshqa klublar qidirayotgan futbolchiga ega hisoblanasiz. U maydon markazida jamoa uchun kerakli barcha xislatlar – tezlik, shiddat, to‘pni olib qo‘yish, mahorat, to‘pni ushlab turish va hatto gol urish qobiliyatiga ega.
Men buni har kuni mashg‘ulotlarda ko‘raman, shunga qaramay, uning zo‘rligini tasavvur qilish qiyin. U to‘p uchun kurashda xato qilmaydi. U mashg‘ulotda ham, o‘yinda ham to‘p bor joyda paydo bo‘ladi. Ngolo ajoyib yigit.
U fantistik futbolchi. Boshqa biron nima deyishim qiyin, - dedi Tomas Tuxel.



Fikrlar