
Tuxel: "G‘alabaga haqli edik"
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Bundesliga doirasidagi "Gerta" ustidan qozonilgan g‘alaba (2:0) haqida fikr bildirdi.
69-daqiqada Serj Gnabri myunxenliklarni oldinga olib chiqdi, oradan ko‘p vaqt o‘tmay Kingsli Koman dublga erishdi. “Bavariya” chempionat yakunlanishiga 4 tur qolganda “Borussiya ” Dortmunddan bir ochko oldinga o‘tib oldi.
"Biz uzoq vaqt davomida birinchi golni ura olmadik. Ko‘plab vaziyatlarni qo‘ldan boy berdik, ammo baribir to‘g‘ri munosabatda bo‘lib, boshimizni yo‘qotmadik. Bugun hammasi joyida bo‘lganidan xursandman, lekin biz bundan keyin ham yaxshilanishimiz kerak.
O‘z darvozasi oldida bor kuchi bilan himoyalangan "Gerta"ga qarshi o‘ynash qiyin edi. Birorta ham qarshi hujumga yo‘l qo‘ymaganimiz ustunligimiz bo‘ldi. Uchrashuv ajoyib o‘tmadi, lekin biz g‘alaba qozonishga haqli edik”, — dedi Tuxel "DAZN" nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar