Tuxel effekti: Angliyalik yulduzlar terma jamoada o‘ynashdan nega bosh tortyapti?

  • 13 noyabr, 2024, 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Tomas Tuxel hali ishga kirishmay turib, tanqidlar ostida qolib ketdi.

Tecno

Bunga sabab sifatida Premer-liganing etakchi o‘yinchilari Angliya terma jamoasi safida noyabr oyidagi o‘yinlarda ishtirok etishdan bosh tortayotgani keltirilmoqda.

The Telegraph nashrining yozishicha, bir necha futbolchilar Angliya terma jamoasidan rasmiy taklif olganiga qaramay, turli bahonalar bilan xalqaro uchrashuvlarga borishni paysalga solmoqda. Bunga Tomas Tuxelning ishga bir necha oydan keyin kirishishi sabab bo‘layotgan ekan.

Angliyalik futbolchilar terma jamoani vaqtinchalik boshqarayotgan Li Karsli qo‘l ostida mashg‘ulot o‘tkzish va o‘yinlarda ishtirok etishni vaqt yo‘qotish sifatida baholamoqda.

Tomas Tuxel Angliya terma jamoasidagi ishini 2025 yilning 1 yanvaridan boshlashi belgilangan. Ko‘plab etakchi o‘yinchilar germaniyalik mutaxassis kelganidan keyingina nimalarga qodirligini ko‘rsatishni reja qilib yuribdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!