
Tuxel “Chelsi”ga zo‘r futbolchi chaqirdi
Myonxengladbaxning “Borussiya” klubida to‘p tepayotgan Yonas Xofmann yozda “Chelsi” safiga qo‘shilishi kutilmoqda.
“Chelsi”ning germaniyalik yangi bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘z hamyurtini Londonga ko‘chirib kelishda bosh bo‘lmoqchi. Tuxel Xofmanning manfaatlarini himoya qilayotgan agentlar bilan shaxsan gaplashdi.
O‘z navbatida, myonxengladbaxliklar ustozi Marko Roze Dortmundning “Borussiya”siga o‘tib ketishi hal bo‘lganidan keyin, Xofmann ham jamoani tark etishni istamoqda.
Joriy mavsumda iste’dodli futbolchi barcha turnirlarda 21 ta o‘yinda maydonga tushib, oltita gol urdi va to‘qqizta golli pas uzatdi.
Fikrlar