
Tuxel: Bu o‘yinchini menga bildirmay, “Roma”ga berib yubormang!
Frantsiyaning Get French Football News nashri xabar berishicha, “Roma” rahbariyati” Chelsi” markaziy himoyachisi Malang Sarrni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu futbolchiga Angliyaning o‘zidan “Lester” ham xaridor bo‘lmoqda. Har ikki klubi Sarrni mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi.
“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel klub rahbariyati, xususan, transferlarga mas’ul bo‘lgan Marina Granovskayadan Malang Sarr bo‘yicha takliflar tushganiga qaramay, uni qo‘yib yubormaslikni so‘radi.
Ma’lumki, Ben Chiluellning og‘ir jarohatidan keyin “Chelsi” chap qanot himoyasida muammo yuzaga keldi. Hozircha, faqat Markos Alonso shu pozitsiyada o‘ynamoqda. Biroq yoshi o‘tib qolgani bois, hujumchiga qo‘shilishga tezligi etmayapti.
Tomas Tuxel esa, Malang Sarrning iqtidorini inobatga olib, uni himoya markazidan chap qanotga olib o‘tishni rejalashtirgan. Shuning uchun ham germaniyalik mutaxassis uchun bu o‘yinchi jamoada qolishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Fikrlar