
Tuxel ancha ayyor chiqib qoldi
Germaniyalik mutaxassis Tomas Tuxel “Chelsi”ning Chempionlar ligasi uchun bergan asosiy qaydnomasiga hujumkor futbolchi Kallum Xadson-Odoini kritmagani muxlislar o‘rtasida turli savollarni keltirib chiqardi.
Keyinchalik UEFA rasmiy saytidan ma’lum bo‘lishicha, 20 yoshli futbolchi zaxira ro‘yxatidan joy olgan ekan.
Shundan so‘ng, futbolchining atrofida turli gap-so‘zlar ko‘paydi. Biroq, oxir-oqibat Tuxel to‘g‘ri yo‘l tutgani oshkor bo‘ldi.
UEFA qoidalariga ko‘ra, jamoa o‘zi tarbiyalagan va 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchisini asosiy tarkib qaydnomasiga kiritmasdan ham Chempionlar ligasi uchrashuvlarida maydonga tushirishi mumkinligi qayd etilgan ekan.
Shu yo‘l orqali Tuxel qit’aning eng nufuzli turniriga bitta qo‘shimcha joy ochishni uddalagani ma’lum bo‘ldi.
Fikrlar