
Tursunoy g‘alaba qozondi va yana bir litsenziya qo‘lga kiritildi!
Iordaniyadagi boks bo‘yicha litsenzion turnir hal qiluvchi pallaga etib keldi. Bugun, ushbu turnirning so‘ngi kuni. Xabaringiz bor, turnirning yakuniy kunida 4 nafar hamyurtimiz ringga ko‘tariladi. Biz kutgan janglarning dastlabkisida -51 kg vazn toifasidagi vakilamiz Tursunoy Rahimova Tokio Olimpiadasi litsenziyasi uchun o‘tish bosqichida ishtirok etdi. U tailandlik Yutumas Jitpong bilan ringga ko‘tarildi. Ushbu qarama-qarshilik g‘olibi Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiadaga yo‘llanmani naqd qilar edi.
Ajoyib harakatlari, aniq zarbalari bilan vakilamiz jang taqdirini o‘z foydasiga hal qildi va delegatsiyamizga yana bir yo‘llanmani taqdim etdi.
Fikrlar