
"Turon" legionerlaridan voz kechib qo‘ya qoldi
Pro ligada 3-o‘rinni egallab pley-offda “Lokomotiv”ni mag‘lubiyatga uchratgan holda yana Superligaga qaytishga muvaffaq bo‘lgan “Turon” kelasi yil uchun tarkibini kuchaytirish harakatida. Shu bois jamoada yangi ijrochilar paydo bo‘ladi.
Sports.uz jurnalisti Shuhratbek Jo‘raevning ma’lum qilishicha, yakuniga etgan mavsumda “Turon” sharafini himoya qilgan legionerlar – Sergey Morozov, Siyavush Habibullaev va Sharif Rahmatov bilan xayrlashilgan. Ular bilan shartnomalar yakuniga etgan va “Turon” endi mazkur legionerlarning xizmatidan boshqa foydalanmaydi.
Fikrlar