
Turkiyalik futbolchi grandlar e’tiborini tortdi
Turkiya bilan birgalikda "Evro-2024"ni yondirgan futbolchiga grand klublardan qiziqishlar kundan kunga oshmoqda.
1999 yil 7 oktabrda tug‘ilgan, hozirda "Fenerbahche" klubi a’zosi Ferdi Kadiog‘lu Turkiya terma jamoasidagi o‘yini bilan Evroda barchani hayratda qoldirdi. Hozirda futbolchiga “Manchester Yunayted”, “Yuventus” va “Arsenal” klublari qiziqish bildirmoqda. Ferdi faoliyati davomida darvozadan boshqa barcha pozitsiyalarda o‘ynagan.
25 yoshli futbolchi chap qanot himoyachisi sifatida 93 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, o‘ng qanotda 81 ta uchrashuvda ishtirok etgan. Qanot yarim himoyachi bo‘lib umumiy 38 o‘yinda maydonga tushgan. Xattoki, hujumkor yarim himoyachisi sifatida ham 57 ta o‘yinda o‘z jamoasiga yordam bergan.
Eslatib o‘tamiz, Ferdi Turkiya Superligasida umumiy faoliyati davomida 146 ta o‘yinda maydonga tushib 10,024 daqiqa harakat qilgan bo‘lsa, 11 ta gol va 16 ta golga assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar