Turkiya Superligasi. "Istanbul Bashakshehir" - "Fenerbaxche": Shomurodov va Fayzullaev bugun ham birgalikda harakat qiladimi?

  • 6 dekabr, 18:29
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun Turkiya Superligasining 15-turida Nuri Shaxin boshqaruvidagi "Istanbul Bashakshehir" o‘z maydonida "Fenerbaxche"ni qabul qiladi. Mazkur bellashuv oldidan ko‘plab mashhur nashrlar bo‘lajak bahs uchun o‘z taxminiy tarkiblarini e’lon qildi. 
 
So‘nggi to‘qnashuvda jarima zarbasidan super gol kiritgan va stabil gollar urib, to‘purarlar ro‘yxatida etakchilardan biri hisoblangan ikki hamyurtimiz bugun ham asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda. 
 
Buni mashhur saytlardan — "Sports Mole", "SportsGambier", "Fotmob", "Footballwhispers" va boshqa bir qancha nashrlar tasdiqladi. 
 
Eslatib o‘tamiz, bo‘lajak bahs bugun Toshkent vaqti bilan 22:00’da start oladi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, ushbu o‘yindan avval "Fenerbaxche" turnir jadvalida 32 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda va peshqadam "Galatasaray"dan 4 ochko ortda ("Fenerbaxche" bu turdagi o‘z uchrashuvini bugun o‘tkazadi). "Istanbul Bashakshehir" esa 14 ta turdan so‘ng 16 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
06/12/2025 19:52
Сайт ходимларига рахмат.Чампионат асиа дан роса 24 соат олдидасизлар.Сизларда эълон килинган хабарга 24 соат булди.ЧА хамон уйкуда.Ишларинга омад.Укувчиларинг янада купаяверсин.Чарчаманглар.