Turkiya Superligasi. Hamyurtlarimizga atalgan uchrashuvda "Istanbul Bashakshehir" g‘alabaga erishdi
Turkiya Superligasinign 14-turidan o‘rin olgan navbatdagi bellashuv o‘z nihoyasiga etdi. Ushbu tur doirasida Nuri Shaxin murabbiyligidagi "Istanbul Bashakshehir" safarda "Kasimpasha" bilan kuch sinashib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Eldor Shomurodov bahsni to‘liq o‘tkazgan bo‘lsa, Abbosbek Fayzullaev 78-daqiqada zaxiraga olindi.
Bellashuvning 26-daqiqasida Fayzullaev jarima zarbasidan super gol urib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarning to‘rtinchisi o‘tib borayotganda Amin Arit farqni 2 taga etkazib qo‘ydi. Lekin 79-daqiqaga kelib Adam Arus hisobni qisqartirishga erishdi. Mazkur goldan 4 daqiqada avval Devi Zelke qizil kartochka olib maydonni tark etgan edi. Bundan tashqari, 90+7-daqiqada Eldor Shomurodov jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi.
Ma’lumot o‘rnida, "Bashakshehir" ushbu g‘alaba orqali ochkolar sonini 16 taga etkazib olib, 9-o‘ringa ko‘tarildi.
- Turkiya - Super Liga
- Joriy Mavsum
Kasimpasha
- Adem Arous 79'
29.11.2025 22:00
Istanbul Bashakshehir
- Abbosbek Fayzullaev 26'
- Amine Harit 45'
- Eldor Shomurodov 90'



Fikrlar