
TsSKA xodimi Fayzullaev transferidagi muammolar haqida gapirdi
"Istanbul Bashakshehir" va TsSKA klublari Abbosbek Fayzullaevning transferi uchun pul o‘tkazish masalasi ustida ish olib bormoqda.
Bugun Istanbul klubi matbuot xizmati TsSKAga transfer uchun pul o‘tkazishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani to‘g‘risida xabar berdi.
- Bizda himoyalangan transfer shartnomasi mavjud, u klubga pul tushmaguncha kuchga kirmaydi. Shu sababli mablag‘larni o‘tkazish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Kutmoqdamiz, hamma narsa joyida," - dedi TsSKA kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Kirill Breydo.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyining oxirida terma jamoamizning 21 yoshli yarim himoyachisi Turkiya klubiga o‘tgan va transfer summasi 7,5 million evroni tashkil etishi ma’lum qilingan edi.
Fikrlar