
Tseytlin Osiyo kubogidagi uchrashuvlarda ishlashga tayinlov oldi
Joriy yilning 15 iyunidan 2 iyulga qadar Tailandning 3 shahrida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ahamiyatli jihati, ushbu musobaqada ishtirok etish uchun 3 nafar vakilimiz — Rustam Lutfullin (hakam), Alisher Usmonov (yordamchi hakam) hamda Vladislav Tseytlin (nazoratchi) tayinlov olgan.
Bugun 16 iyun kuni Tailandning Chonburi shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan 2 uchrashuvda inspektorimiz ishtirok etadi. Vladislav Tseytlin Avstraliya – Saudiya Arabistoni hamda Tojikiston – Xitoy uchrashuvlarida nazoratchilik qilish uchun tayinlov olgan.
Manba: O‘zFHM matbuot xizmati.
Fikrlar