
Triatlonchilarimiz Osiyo kubogida qatnashadi
30 noyabr kuni Xitoyning Shantou shahrida triatlon bo‘yicha Osiyo kubogi bo‘lib o‘tadi. Viktor Zemtsev boshchiligidagi O‘zbekiston triatlon terma jamoasi ham mazkur musobaqada ishtirok etishi belgilab qo‘yilgan, deya xabar qilmoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Vakillarimiz Osiyo kubogiga Tailandda hozirlik ko‘rishdi. 10 nafar sportchidan iborat terma jamoamiz ushbu mamlakatda bir necha kun mobaynida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazdi. Eslatib o‘tamiz, Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan masofalarda kechadigan ushbu turnirda sportchilar 1,5 km suzish, 40 km velosiped poygasi va 10 km yugurish bahslarida raqobat olib boradilar.
Fikrlar