
"Transfermarkt": Terma jamoamiz etakchisining narxi pasaydi
Ayni damda Turkiyaning "Fotix Karagyumruk" klubida faoliyat olib borayotgan futbolchimiz Otabek Shukurovning "Transfermark" portalidagi qiymati pastladi.
Yangilanishdan so‘ng tajribali yarim himoyachimizning narxi 3 million evroni tashkil etmoqda. Uning avvalgi transfer summasi esa 4 million evro edi.
Qayd etish lozim, 26 yoshli xavbekimiz joriy mavsumda Turkiya chempionati doirasida 6 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga gol yoki assist yozdirib qo‘ya olmadi.
Fikrlar