
Transferlar oynasi yopilishiga 30 soniya qolganda rasmiylashtirilgan transfer
Angliyaning "Nyukasl" klubi yozgi transferlar oynasi yopilishiga 30 soniyadan kamroq vaqt qolganida yarim himoyachi Yoan Vissaning transferini rasmiylashtirish uchun ulgurib qoldi.
Shartnomani imzolash paytida futbolchi shunchaki hujjatning bir qismini to‘ldirishni unutib qo‘ygan. Bu hujjatlarni ro‘yxatga olish uchun yuborilganda ma’lum bo‘ldi. Natijada klub vakillari futbolchini qidirib topib, hamma narsani oxirigacha yakunlashi uchun qaytarib olib kelishga majbur bo‘ldi.
Hujjatlar jo‘natilganda, oyna yopilishiga 30 soniyadan kamroq vaqt qolgan edi, ammo klub buni bajarishga ulgurdi. Bitim summasi 55 million funt sterlingni tashkil etdi.
Fikrlar