
"Tottenxem"ga qarshi o‘ynagan "Liverpul" so‘nggi daqiqada g‘alabani ilib ketdi (video)
Angliya premer-ligasining 13-turi doirasida “Liverpul” o‘z maydonida “Tottenxem”ni qabul qildi.
“Enfild”da kechgan turning markaziy uchrashuvi shiddatli va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Yakunda 2:1 hisobida maydon egalarining qo‘li baland keldi. “Liverpul”ga g‘alaba keltirgan gollarni Muhammad Saloh (26') va Roberto Firmino (90') kiritdi. “Shporlar”ning yagona javob goliga Son Xin Min (33') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar