
“Tottenxem”da o‘ynagan 44 yoshli futbolchi yana maydonga qaytdi
“Tottenxem”ning sobiq himoyachisi Paskal Chimbonda 44 yoshida o‘yinchilik faoliyatini qayta tikladi.
O‘tgan yilning oktyabr oyida Chimbonla to‘qqizinchi divizionda o‘ynayotgan “Skelmersdeyl Yunayted” jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan edi.
Yaqinda klub Chimbondani futbolchi sifatida ham ligada ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda “Yunayted” rasman xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Chimbonda 27 yanvar kuni “Beri” jamoasi bilan bo‘ladigan bahsda ilk uchrashuvini o‘tkazishi kutilmoqda. Buning uchun u bosh murabbiy sifatida o‘zini uchrashuv qaydnomasiga kiritishi kerak.
Chimbonda ilgari “Tottenxem”dan tashqari “Uigan”, “Sanderlend”, “Blekbern”, KPR, “Donkaster”, “Karlayl”, “Eshton” kabi jamoalarda to‘p tepgan.
Fikrlar