"Tottenxem" tez orada yangi futbolchi transferini e’lon qiladi

  • 30 yanvar, 2023, 11:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi "Sporting"ning o‘ng qanot himoyachisi Pedro Porro bilan shartnoma imzolamoqchi.

Tecno

Insayder Fabritsio Romaning xabariga ko‘ra, "shporlar" 23 yoshli ispan bilan kelishuvga erishgan. London klubi futbolchi uchun 45 million evro to‘laydi. Porro "Tottenxem" bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi.

Avvalroq, "Sporting" Pedro o‘rniga "Barselona" fulbeki Ektor Belerinni sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi ekanligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!