
"Tottenxem" "Reynjers" forvardini kuzatib bormoqda
Londonning "Tottenxem" klubi Shotlandiyaning "Reynjers" klubi hujumchisi Alfredo Morelosga qiziqmoqda. Bu haqida Footballinsider nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, londonliklar 23 yoshli kolumbiyalik futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, Morelosga shuningdek Milanning "Inter" klubi ham qiziqish bildirayotgan edi.
Joriy mavsumda kolumbiyalik futbolchi Shotlandiya chempionatida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 gol va 1 gollik uzatma berishni uddalagan.
Fikrlar