
"Tottenxem" MYu bilan kurash olib borishga tayyor
Britaniya OAV xabariga ko‘ra, "Tottenxem" klubi "Inter" himoyachsii Diego Godinni xarid qilishga urinib ko‘rmoqchi.
Oldinroq, milanliklar 34 yoshli futbolchini yozda qo‘yib yuborishga tayyorligi haqida xabar qilingan edi. O‘z navbatida "shporlar" markaziy himoya uchun tajribali futbolchi izlashmoqda.
Joriy mavsumda urugvaylik futbolchi "Inter" libosida 25 ta o‘yinda maydonga tushib bitta gollik uzatmaga ham mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, Godin uchun APLning boshqa bir grandi "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirayotgan edi.
Fikrlar