"Tottenxem" Mourino o‘rniga 4 ta mutaxassis nomzodini ko‘rib chiqmoqda

  • 20 aprel, 2021, 13:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" rahbariyati kecha iste’foga chiqarilgan bosh murabbiy Joze Mourino o‘rniga munosib nomzod qidirmoqda.

Tecno

Ingliz nashrlarining yozishicha, “shporlar” bosh murabbiyi bo‘lishga asosiy nomzod Nunu Eshpiritu Santu hisoblanadi. Portugaliyalik mutaxassis hozirda "Vulverxempton"ga ustozlik qilmoqda.

“Shporlar”ning short-listida bundan tashqari Yulian Nagelsmann ("RB Leyptsig"), Yurgen Klinsmann (ishsiz) va Brendan Rojers ("Lester") kabi mutaxassislar nomzodi bor.

"Tottenxem" 32 turdan so‘ng APL musobaqa jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. Londonliklarni oldinda "Manchester Siti"ga qarshi bo‘ladigan Angliya liga kubogi finali kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!