“Tottenxem” mashg‘ur yulduzni “0 evro” qiymatda oladi

  • 10 fevral, 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya”da o‘ynayotgan mashhur hujumkor futbolchi Leroy Sanening klub bilan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadi.

Tecno

Nemis futbolchisida Angliya Premer-ligasiga qaytish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Ilgari “Manchester Siti”da porlagan yulduzni bu gal APLning boshqa grandi – “Tottenxem” o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Todofichajes nashrining yozishicha, “shporlar” 29 yoshli futbolchini tekinga qo‘lga kiritishni ko‘zlayapti. Ular Sanening erkin agentga aylanishidan foydalanib qolishni rejalashtirgan.

Leroy Sane asli “Shalke” tarbiyalanuvchisi hisolanadi. “Manchester Siti”  uni 2016 yili 52 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgan va to‘rt yil o‘ynatib, “Bavariya”ga 49 million evroga pullagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!