"Tottenxem" Londonning boshqa bir klubidan futbolchi sotib oldi

  • 8 avgust, 2019, 23:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Fulxem” yarim himoyachisi Rayan Sessenon Londonning boshqa bir klubi – “Tottenxem” safiga ko‘chib o‘tdi.

Tecno

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 19 yoshli futbolchi “shporlar” bilan 2025 yilgacha shartnoma imzoladi. U yangi jamoasi safida 19-raqamda o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Sessenonning transferi “Tottenxem”ga 30 mln funtga tushishi aytilayotgan edi. Ta’kidlash kerakki, ushbu mablag‘ning 5 millioni bonus hisobida beriladi.

Ma’lumot uchun, Sessenon XXI asrda tug‘ilib APLda gol urgan ilk futbolchi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!