"Tottenxem" ikki futbolchi transferini deyarli hal qildi

  • 30 iyun, 2022, 10:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" klubi yozgi transferlar oynasida yana ikki transferni deyarli hal qilib ulgurdi. Klub markaziy himoyachi va hujumchini qo‘lga kiritish arafasida. 

Tecno

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, London klubi "Barselona" himoyachisi Kleman Langleni bir yilga ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Langle yaqin kunlar ichida Antonio Konte shogirdlari qatoridan joy oladi.

Shuningdek, jamoa "Everton" vakili Risharlison bilan og‘zaki kelishib olgan. Faqat ikki jamoa transfer summasini hal qilib olsa kifoya. 

Ma’lumot uchun, "Tottenxem" o‘tgan mavsum APLda 71 ochko bilan 4-o‘rinni qo‘lga kiritgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!