
“Tottenxem” haydayotgan o‘yinchiga Mourino boshpana bermoqchi
“Tottenxem” yarim himoyachisi Harri Uinks o‘ziga yangi jamoa topishiga to‘g‘ri kelmoqda. 26 yoshli futbolchining harakatlari bosh murabbiy Antonio Kontega umuman ma’qul kelmadi.
Italiyalik mutaxassis bu o‘yinchini o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmidan beri maydonga tushirmay qo‘ygan.
Ma’lumotlarga qaraganda, Uinksning agentlari o‘z mijozini maydon markaziga o‘yinchi qidirayotgan “Roma”ga taklif qildi.
Rimga kelishidan avval “Tottenxem”ni boshqargan Joze Mourino Harriga boshpana berishga qarshi emas.
Poytaxt klubi angliyalik yarim himoyachini mavsum oxirigacha ijaraga olishni redjalashtirmoqda.
Fikrlar