
"Tottenxem" "Arsenal"ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Angliyaning "Arsenal" hamda "Tottenxem" jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi yakuniga etdi. Jamoalar Gonkongdagi "Kay Tak Sports Park" stadionida o‘ynashdi. Unda "Tottenxem" kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 45-daqiqasida "Tottenxem" yarim himoyachisi Pape Matar Sarr yagona gol muallifiga aylandi.
Avvalgi o‘rtoqlik uchrashuvlarida "Arsenal" "Nyukasl Yunayted"ni 3:2 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, "Tottenxem" "Lids Yunayted" bilan durang o‘ynadi - 0:0.
"Tottenxem" Angliya Premer-ligasining 2024/2025 yilgi mavsumini turnir jadvalida 17-o‘rinda yakunladi. Jamoa 38 o‘yinda 38 ochko to‘plagan. "Arsenal" 74 ochko bilan 2-pog‘onani band etdi. "Liverpul" 84 ochko bilan mamlakat chempioniga aylandi.
Fikrlar