
“Tottenxem” Antonio Konte o‘rniga boshqa murabbiy topdi
“Tottenxem” rahbariyati italiyalik mutaxassis Antonio Konte qo‘l ostida jamoa ko‘rsatayotgan natijalardan qoniqmayapti. O‘tgan yili “Inter”ni chempion qilgan mutaxassisdan bu mavsumda “Tottenxem”ni kuchli to‘rtlikka olib kirish talab qilingan edi.
Lekin “shporlar” Chempionlar ligasiga yo‘llanma beradigan o‘rinlardan ancha uzoqlashib ketdi. Shu bois, klub prezidenti Deniel Levi bosh murabbiy yollashga qaror qilgan. The Telegraph nashrining ma’lum qilishicha, u jamoani yozda PSJdan ketishi kutilayotgan Mourisio Pochettinoga topshirmoqchi.
“Tottenxem” 2014-2019 yillarda argentinalik mutaxassis qo‘l ostida ancha manzmunli o‘yin ko‘rsatgan va qit’aning eng nufuzli musobaqasida ham bir necha marotaba qatnashgan edi.
Maurisioga hozirning o‘zida “Manchester Yunayted” va “Real”dan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda. Mutaxassisning parijliklar bilan kelishuvi 2023 yilning yozigacha amal qiladi.
Fikrlar