Toshkentga Xalqaro voleybol federatsiyasi Prezidenti tashrif buyurdi

  • 30 sentabr, 2024, 13:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
BEPUL PROPAN

Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB) Prezidenti Ari Grassa boshchiligidagi delegatsiya yurtimizga tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, martabali mehmonni Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullaev, Sport vazirining o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamda mamlakat voleybol federatsiyasi xodimlari kutib olishdi.

Safar davomida diyorimizda voleybol sporti rivojini yangi bosqichga olib chiqish, uni yanada ommalashtirish, mahalliy mutaxassislar malakasini oshirish, kelgusida yirik xalqaro musobaqalarni yurtimizda o‘tkazishga doir istiqbolli rejalar muhokama etiladi. Martabali mehmonga FIVB ning turli bo‘limlarida faoliyat olib boradigan 4 nafar mutaxassis hamrohlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!