
To‘rt klub “Real” o‘yinchisini talashyapti
“Real” yarim himoyachisi Dani Sebalos yana Angliya Premer-ligasiga qaytishi kutilyapti. Bu haqda Todofichajes nashri xabar berdi.
Manbaning ta’kidlashicha, tajribali o‘yinchiga to‘rt klub jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Everton”, “Vest Xem”, “Nyukasl” va “Aston Villa” mutasaddilari ispan futbolchisi jamoani kuchaytira olishiga ishonch bildirmoqda.
Qolaversa, Dani Sebalosning transfer summasi 12 million evro atrofida baholanayotgani ham Angliya klublari nazaridan chetda qolayotgani yo‘q.
Dani Sebalosda Angliya chempionatida to‘p tepish tajribasi etarli. U avval ijara asosida “Arsenal” jamoasi sharafini himoya qilgan.
Fikrlar