"Torino" Belottini 100 million evrodan kamiga qo‘yib yubormaydi

  • 15 iyul, 2019, 19:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vest Xem" klubi "Torino" forvardi Andrea Belottining transferi masalasida kelishuvga erisha olmadi.

Tecno

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga qaraganda londonliklar 25 yoshli italiyalik futbolchi uchun 60 mln evro taklif qilishgan. Biroq, turinliklar uni 100 mln evrodan kamiga sotmasliklarini aytishgan. Ta’kidlash kerakki, Belottining shartnomasida aynan mana shuncha tovon puli yozilgan.

Ma’lumot uchun, Belotti “Torino” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 148ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 70ta gol hamda 14ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!