“Top-5” ligalarida o‘ynay oladigan o‘zbek futbolchilari ro‘yxati e’lon qilindi!

  • 20 yanvar, 22:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol sohasida tadqiqot olib borayotgan CIES Football Observatory tashkiloti Evropaning eng kuchli besh ligasi – Angliya, Ispaniya, Germaniya, Italiya va Frantsiya chempionatlarida o‘ynab ketishi mumkin bo‘lgan 23 yoshgacha futbolchilar ro‘yxatini e’lon qilindi.

Tecno

Ushbu tadqiqotda dunyoning 60 ligasida to‘p tepayotgan iste’dodli yosh futbolchilar qamrab olindi. Ro‘yxatni tuzishda yosh o‘yinchilarning oxirgi yildagi o‘yin vaqti, uchrashuvlar darajasi va turli ko‘rsatkichlar asos qilib olindi.

Jahon miqyosidagi umumiy reytingda  kuchli beshlik chempionatlariga ko‘chib o‘tish imkoniyati eng yuqori hisoblangan o‘yinchi “Sporting” vakili Zeno Debast bo‘ldi. Belgiya terma jamoasi a’zosidan keyingi o‘rinlarni PSV futbolchilari – Rayan Flamingo va Malik Tillman egalladi.

CIES Football Observatory ekspertlari tomonidan har bir milliy ligalar bo‘yicha ham “top-5” ligalarida o‘ynash imkoniyatiga ega 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar reytingi shakllantirildi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisi Rossiya Premer-ligasidan eng kuchli chempionatlarga yo‘l olishi mumkin bo‘lgan o‘n nafar futbolchi qatoriga kiritildi.

Rossiya Premer-ligasining eng iqtidorli o‘yinchilari reytingi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Manfred Ugalde (“Spartak”)

Sergey Pinyaev (“Lokomotiv”)

Konstantin Tyukavin (“Dinamo”)

Pedro (“Zenit”)

Daniil Denisov (“Spartak”)

Aleksey Batrakov (“Lokomotiv”)

Abbosbek Fayzullaev (TsSKA)

Artem Karpukas (“Lokomotiv”)

Andrey Langovich (“Rostov”)

Kirill Shetinin (“Rostov”)

O‘z navbatida, tadqiqot markazi O‘zbekiston Superligasida 2024 yilni yuqori saviyada o‘tkazgan va hali “top-5” ligalarida o‘ynashi mumkin bo‘lgan 23 yoshgacha futbolchilar ro‘yxatini ham tuzdi.

Unga ko‘ra, quyidagi iste’dodli o‘yinchilarimiz faoliyatida ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishi ehtimoli bor:

Diyor Xolmatov (“Paxtakor”)

Abdurauf Bo‘riev (“Paxtakor”)

Aziz Xolmurodov (“OTMK Olmaliq”)

Zafarmurod Abdurahmatov (“Nasaf”)

Nodir Soyibov (“So‘g‘diyona”)

Samandar Mavlonqulov (“So‘g‘diyona”)

Murodbek Rahmatov (“Nasaf”)

Xondamir Mustafoqulov (“So‘g‘diyona”)

Muhammadrasul Abdumajidov (“Paxtakor”)

Mahmud Maxamadjonov (“Paxtakor”).

Shomurodovning sobiq jamoasiga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Fayzullaev otlan, Evropaga ketadigan payt keldi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!