
Toni Kroos Messi haqida: "Men hech qachon bunday barqaror o‘yinchini ko‘rmaganman"
"Real" Madrid klubi yarim himoyachisi Toni Kroos Lionel Messining mundialda zafar quchgani borasida fikr bildirdi.
"U bunga loyiq edi. Individual o‘yin borasida hech qachon bunday barqaror o‘yinchini ko‘rmaganman.
Shuni yodda tutish kerak, Messi biror marta menga yoqadigan jamoalarda o‘ynamagan. Shuning uchun bu holis fikr ekaniga shubha qilmasa ham bo‘ladi", - dedi Toni.
Ma’lumot o‘rnida, kecha Argentina jahon chempionati finalida Frantsiyani engib, mundialda zafar quchdi.
Fikrlar