Toni Kroos Madridda futbol klubi ochadi

  • 11 sentabr, 2024, 10:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" klubi va Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos Madridda yangi futbol klubi ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, klubga futbolchi - Toni Kroos nomi beriladi. Ma’lum qilinishicha, u yosh bolalarga mo‘ljallangan.

Kroos so‘nggi bir necha hafta ichida ushbu masala yuzasidan Madrid Qirollik futbol federatsiyasi va “Encinas de Boadilya” sport klubi rasmiylari bilan muzokaralar olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, Kroosning professional faoliyatidagi so‘nggi uchrashuvi 2024 yilgi Evropa chempionatida bo‘lib o‘tgan. O‘shanda musobaqaning chorak finalida Germaniya terma jamoasi Ispaniya terma jamoasi bilan to‘qnash kelgan va 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

Yarim himoyachi klubdagi faoliyati davomida 754 ta o‘yin o‘tkazib (73 gol va 166 golli uzatma) 33 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Kroos Germaniya terma jamoasi safida 113 ta uchrashuvda ishtirok etgan (17 gol va 21 golli uzatma). Germaniyalik yarim himoyachi 2014 yilda jahon chempioni bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!