Toni Fergyuson: "Hozir 1-0, ammo menga 2-0 kerak"

  • 1 sentabr, 14:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

MMA ning mashhur fahriysi Toni Fergyuson "Misfits Boxing" ligasida g‘alaba qozonganidan xursandligini aytib o‘tdi.

Tecno

"Bu — ajoyib hissiyot. Hisobda 1-0 turibman, ya’ni yana mag‘lubiyatsizman. O‘zimni ajoyib his qilyapman. Jang oldidan qattiq hayajonlangandim. Ilk ikki raundda raqib meni ko‘proq qiynadi, biroq men o‘z burchagimni tinglab, oxirida g‘alabaga erishdim. Solt Papi juda mard yigit ekan, bunday bahsga rozi bo‘lgani uchun minnatdorman. Men boksdagi faoliyatimni davom etmoqchiman. Hozir 1-0, ammo menga 2-0 kerak. MMA yaqinimda, lekin pul jihatidan qiziqarli takliflar bo‘lmasa, "Misfits" da qolaman. Nima bo‘lishini keyin ko‘ramiz", — dedi Toni "MMA Fightings" nashriga.

Ma’lumot uchun, Fergyusonning bu g‘alabasi uning karerasidagi yangi sahifa sifatida baholanmoqda, chunki u so‘nggi yillarda UFC oktagonida 8 marta mag‘lubiyatga uchragandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!