
Tomas Tuxel: PSJ Suaresni sotib olishi mumkin edi
“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel PSJ o‘tgan yoz Luis Suaresni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lgani haqida gapirdi.
“Bunday imkoniyat bor edi. Suares "Barselona"ni tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlarni eshitdik. Kim ham dunyo futboli tarixi va ayni damdagi eng yaxshi hujumchilardan biri bilan shartnoma imzolashni xohlamaydi, deysiz? Biz harakat qildik, ammo uddalay olmadik. U Ispaniyada qolishga va “Atletiko”ga o‘tishga qaror qildi.
Suares "Chelsi"ga o‘tishi mumkinmi? Bilmayman. O‘shanda Suaresni PSJga olib kelish imkoniyati bor edi. Hozir vaziyat boshqacha. Endi Luisning "Atletiko" bilan shartnomasi bor va siz bu haqda o‘ylamasligingiz kerak”, - dedi Tuxel.
Fikrlar