
Tom Aspinal: "Xollouey uchun bu faoliyatidagi birinchisi bo‘ladi"
Og‘ir vaznda vaqtinchalik UFC chempioni Tom Aspinal yarim engil vaznda amaldagi chempion Iliya Topuriya va Maks Xollouey jangi haqida gapirdi.
"Topuriya Holloueyni yo‘q qilib tashlashi mumkin. To‘g‘ri, Maks faoliyati davomida hali nokdaunga ham uchramadi, ammo Iliya bu an’anani buzishiga ishonaman. Mazkur bahsdagi nokaut Holloueyning faoliyatidagi birinchisi bo‘ladi", - dedi Aspinal "TNT Sports" ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Topuriya (15-0) va Xollouey (26-7) jangi 26 oktyabr kuni "UFC 308" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar